Sirdaryo tumanini innovasion hududga aylantirishda mahallalardagi hokim yordamchilarining sa’y-harakati juda qo‘l kelayapti.
Jumladan, xonadonlarda tashkil etilayotgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlardagi tadbirkorlar oilaviy daromadlarini orttirish bilan bir qatorda hududning iqtisodiy jozibadorligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Birgina, Ziyokor mahallasida istiqomat qiluvchi Oybek Shavqiyev mahalla hokim yordamchisi ko‘magi bilan bankdan kredit oldi. Hozirda qfhramonimiz tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, 6 ta ish o‘rni yaratdi.
O.Shavqiyev biznesini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan.