Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda teatr sanʼatining o‘rni beqiyos. Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

Oqoltin tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot rahbarlari, taʼlim muassasalari jamoalari, jumladan, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurdi. Rejissyor Mansur Holiqov tomonidan Nurillo Abbosxon asari asosida sahnalashtirilgan “Inson o‘zing” deb nomlangan tragikomediya namoyishi teatrga har doim ham vaqt topib kelolmaydigan xodimlar uchun yangilik bo’ldi.

By admin