Guliston tumanida ishsizlik borasidagi muammolarini hal etilishini ta’minlash maqsadida bugun tuman markazida joylashgan «Yoshlar bog’i»da 4-sektor hududidagi mahallalardagi ombor daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolar uchun tuman mahalla uyushmasi tashabbusi bilan bandlikka ko’maklashish va kambag’allikni qisqartirish bo’limi hamkorligida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi o’tkazildi.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 44 ta tashkilotlar 200 dan ortiq bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi. Ushbu mehnat yarmarkasida 195 nafardan ziyod fuqarolar qatnashishib, ularning orasida tuman kasb-hunar maktabining bitiruvchi yoshlari ham ishtirok etishdi va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Tashkil etilgan bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 20 nafar fuqarolar bo’sh ish o’rinlariga joylashtirilib, 11 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunar o’quviga yo’llanmalar berildi va qolgan 85 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Albatta bunday bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalaridan o‘tkazilishidan maqsad ishsiz fuqarolarni ishga jalb qilish va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

By admin