Sirdaryo tumanida ishsiz, migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida tumanda faoliyat yuritayotgan 29 ta korxona va tashkilotlar 700 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada tuman hokimi Musurmonqul Xatamov hamda sektor rahbari ishtirok etib, mehnat yarmarkasining ahamiyati, xususan, migratsiyadan qaytgan fuqarolar hamda ishsiz aholini doimiy ish bilan ta’minlash borasida so‘z yuritdilar.

Tadbir doirasida 27 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 14 nafar fuqarolar kasbga qayta o‘qitiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, 58 nafar ishsiz fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilib, ishga joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

By admin