Sirdaryo tumani sektor rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirokida Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali migratsiyada yurgan fuqarolar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Onlayn suhbatda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Litva hamda Qozog‘iston singari mamlakatlarda taʼlim va mehnat qilayotgan 35 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Suhbat davomida migratsiyada yurgan fuqarolarning 5 nafari O‘zbekistonga qaytish istagini bildirdi.

Jarayonda migrantlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, muammolarni ijobiy hal etish, zarur hollarda huquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Har bir murojaat shaxsan tuman hokimi tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

By admin