Sayxunobod tumani Istirohat bog‘ida tumanidagi 16 ta davlat tashkilotlari hamda 10 ta yirik tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Unda qatnashchilarga 850 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Bundan tashqari, kasb-hunar o‘rganishni xohlovchi fuqarolar uchun Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi va Sayxunobod kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qishlari, aholining daromadini yanada oshirish maqsadida tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan kredit paketlari bilan aholini yanada yaqindan tanishtirish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Yarmarka doirasida 41 nafardan ortiq fuqaroiga turli xizmatlar ko‘rsatildi.

Jumladan, 26 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, yarmarka davomida 24 nafari bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi, 1 nafar «Yoshlar daftari»da turuvchi fuqaroga o‘zini o‘zi band qilishi uchun motokutivator berildi. Yana 16 nafar ishsiz fuqaro 2024 yil 1 iyundan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, ro‘yxatga olindi. Kasb-hunar o‘rganish istagini bildirgan 15 nafar fuqaro Sayxunobod kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘zlari istagan yo‘nalishiga o‘qiydigan bo‘ldi.

Shuningdek, kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarga banklar tomonidan asbob-uskunalar olish uchun kredit rasmiylashtirilib, o‘zini-o‘zi band qilish guvoxnomalari berildi.

By admin