Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Xususan, farmon bilan belgilangan adliya vazirligining qo‘shimcha 4 ta yangi faoliyat yo‘nalishlari, adliya bo‘limlariga yuklatilgan 6 ta yangi vazifalar, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishda adliya organlarining roli haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

By admin