Ishsiz aholining banddigini ta’minlash maqsadida joylarda «Bo‘sh ish o‘rinlari» yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkillashtirilgan navbatdagi yarmarkada asosiy e’tibor Probatsiya guruhi nazoratida turuvchi xotin-qizlarni ishga joylashtirishga qaratildi.

Tadbirda ishtirokchilarning 9 nafarining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 16 nafariga ishga joylashish uchun va 11 nafariga kasb-hunar o‘rganishga yo‘llanma berildi.

Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan bir guruh ish beruvchilar taqdirlandi.

By admin