Sayxunobod tumani Mustaqillik mahallasida istiqomad qiluvchi Nizomiddin Mamirov to‘qimachilik biznesi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan edi.

Mas’ullar ko‘magi bilan N.Mamirovga kredit ajratildi va o‘z tadbirkorligini boshlab yubordi. Hozirda yosh tadbirkor bozorlarda talab yuqori bo‘lgan dantel (shnur) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yana ikki nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlab, ularning ham doimiy daromadga ega bo‘lishlariga sharoit yaratdi.

By admin