«Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostidagi festival yoshlarga har tomonlama qulaylik va yangi imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda.

Festival doirasida o‘tkazilgan «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi»da asosiy e’tibor rahbarlarga biriktirilgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratildi. Yarmarkada 425 nafar ish izlovchiga 920 ga yaqin ish beruvchining 4300 dan ortiq ish o‘rinlari taklif qilindi.

Tadbirda 60 nafar yoshga o‘zlari tanlagan lavozimlarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanma berildi. Yoshlarning 25 nafari kasb-hunarga o‘qitiladigan bo‘ldi. Shuningdek, migratsiya, mehnat qonunchiligi kabi masalalarda 300 ga yaqin fuqaro huquqiy maslahat oldi.

By admin