Boyovut tumanida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida hududdagi o’ttizga yaqin korxona, tashkilot va muassasa o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada 12 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi va 10 kishi kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirildi.
Shuningdek, tadbirda shartnoma asosida chet elda ishlash tartib-qoidalari va mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahat berildi.