Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi yuristkonsulti S.Sharipov hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari joylarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi VMQ-319-son qarori mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazmoqda.
Jumladan, mahalla yettiligiga elektr energiyasi va tabiiygazdan foydalanish qoidalari, iste’molchi va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirilmoqda.