Ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog’liq bo’ladi va u:
🔹 3 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
🔹 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
🔹 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
🔹 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
🔹 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo’lishi mumkin emas.