Sardoba tumanida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda Respublika ishchi guruhi a’zolari aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha o‘rganish ishlari natijasi muhokama qilindi.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Mirzaev, Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori Alisher Umarovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov mahallalarda ishni to‘g‘ri tashkil etishda, avvalo, nimalarga e’tibor berish kerak, muammo va murojaatlarni ijobiy hal etishda barcha resurslardan belgilangan tartibda foydalanish yuzasidan tushuncha berib, har bir mas’ul zimmasidagi vazifani sitqidildan ado etishi zarurligini ta’kidladi.