Sirdaryo tumani hokimligida «Uychi tumani tajribasi» asosida ishlarni tashkil etish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda hududdagi 38 ta mahallalarda o‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan ishsiz va norasmiy band bo‘lgan yoshlar tumandagi tashkilotlarning rahbarlariga nomma-nom biriktirilib berildi. Masʼullarga belgilangan muddatlarda ro‘yxat bo‘yicha fuqarolarni o‘ziga mos ish topishi uchun ko‘maklashish hamda 6000 dan ziyod norasmiy ishlayotgan fuqaro faoliyatini rasmiylashtirish chorasini ko‘rish topshirildi.