Kibermadaniyatni yuksaltirish-kompleks targ‘ibot-tashviqot oyligi doirasida Guliston tumani hududidagi o’quv markazlari va ishlab chiqarish sexlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolar uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman bo’limining masʼul rahbarlari, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi.
Yuzma-yuz sayyor uchrashuvlar davomida masʼullar tomonidan aholi o‘rtasida kibermadaniyatini oshirish maqsadida maʼruzalar hamda video qo‘llanmalar namoyish etilib, kiberxavfsizlik yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
shuningdek, uchrashuvlar davomida tadbir ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berib o’tildi.