Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, kiberjinoyatning salbiy oqibatlari to‘g‘risida aholini imkon qadar kengroq boxabar qilish ta’kidlandi.
Xodimlar ish yuzasidan aholi bilan uchrashganda, tanishlari, do‘stlari davrasida, qolaversa, oila a’zolarini ham ogohlikka chaqirish, shuningdek, oylik doirasida xorijdagi hamda chet elda muddatli ishlashga ketish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida “Olisdagi yaqinlarim, ogoh bo‘ling!” tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish topshirig‘i berildi.