“Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini tinglovchilari uchun an’anaga ko‘ra “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi
Unda tinglovchilar viloyatning turli hududlaridan ekanligini inobatga olib, barcha tuman, shaharlardan 35 ta yirik ish beruvchilarning 1 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari tanishtirildi. Shuningdek, Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi, joylardagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari imkoniyatlari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi orqali xorijda ishlash tartibi tushuntirildi. O‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklardan berilayotgan kredit paketlari, mahallalardagi hokim yordamchilari ko‘magi va undan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Yarmarka davomida 12 nafar fuqaro ishlash istagini bildirdi. Kasb oʻrganish xohishi bo‘lgan 20 nafar fuqaroga oʻquv kurslariga yoʻllanmalar berildi. Ishtirokchilar mehnat qonunchiligi yuzasidan qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan huquqiy maslahat olishdi.