Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Guliston shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari o‘rtasida o‘tkazildi.
Ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlardagi zararli havolalar, feyk xabarlardan ogoh bo‘lish, noqonuniy onlayn qumor o‘yinlarining salbiy oqibatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, «Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida aholini kiberjinoyat qurboniga aylanmasliklari bo‘yicha xabardorligini oshirishda faol ishtirok etish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi tushuntirilib, mavzuga oid qo‘llanmalar tarqatildi.