Guliston tumani “Yoshlar bog‘i”da ishsiz aholi bandligini ta’minlash maqsadida “bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada xoriddan vatanga qaytgan hamda harbiy xizmatni o‘tab, zaxiraga bo‘shatilganlar, jazodan ozodlikka shartli ravishda chiqarilganlar 150 ga yaqin ishsiz fuqaro ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘ziga ma’qul keladigan ish tanlagan 16 nafar fuqaroni ishga joylashtirish uchun yo’llanmalar berildi. Kasbga qayta o’qitish kurslariga ishtirokchilarning 9 nafari jalb qilingan bo’lsa, 26 nafar fuqaro imtiyozli kredit olib tadbirkorlik qilish orqali o‘zini-o‘zi band qilish istagini bildirdi. Shuningdek, 18 nafar fuqaro xorijda muddatli ishlash bo’yicha, yana 65 nafari mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar oldi.