Shodlik mahallasida yashovchi Kaplan Temiyev o‘z xonadonida sutni qayta ishlash syexini ishga tushirdi. U aholi va chorvachilik xo‘jaliklaridan sut mahsulotlarini yig‘ib olib, «Sayxun» brendi ostida qatiq, smetana, tvorog, pishloq va qaymoq ishlab chiqarmoqda.
— Xitoydan 3 turdagi sutni qayta ishlash uskunalarini olib keldik, – deydi xonadon sohibi. — Shukrki, daromadimiz yaxshi. Ahamiyatlisi, mahallamizdagi 4 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
Kaplan Temiyevning qo‘shimcha qilishicha, tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga Prezidentimizning «Sayxunobod tajribasi»ni joriy etish borasidagi tashabbusi va shu asosda yaratilgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar katta turtki bo‘lgan.