Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida tadbirkorlik uchun jami maydoni 28,5 gektar bo‘lgan 202 ta yer uchastkasi auksion savdosiga chiqarilgan. Shundan 27 tasi, ya’ni 12,4 gektar bo‘sh yer maydonlari 2 mlrd 428 mln 100 ming so‘mga sotilgan.
Eng ko‘p sotilgan bo‘sh yer uchastkalari Sayxunobod (13 ta yer uchastka 1,14 mlrd), Xovos (4 ta yer uchastka 1,19 mlrd) va Sirdaryo tumanlari (3 ta yer uchastka 53 mln) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qolgan hududlarda:
● Guliston tumanida — 2 ta (24,1 mln);
● Oqoltin tumanida — 1 ta (33,5 mln);
● Boyovut tumanida — 1 ta (16,1 mln);
● Sardoba tumanida — 1 ta (70,7 mln);
● Shirin shahrida — 1 ta (12,2 mln);
● Yangiyer shahrida — 1 ta (10,6 mln).