«Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili» munosabati bilan yoshlar o’rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish hamda biznes bilan shug’ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida «Yosh tadbirkor» tanloviga start berildi
Tanlov to’rt bosqichda: mahalla, tuman (shahar), hudud va respublika bosqichida o’tkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichida g’oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1- o’rin – 50 mln so’m pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo’llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
2- o’rin – 40 mln so’m pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo’llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
3- o’rin – 30 mln so’m pul mukofoti, chet elda malaka oshirish uchun yo’llanma, biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma.
Respublika bosqichida ishtirok etgan 67 nafar ishtirokchiga biznes loyihasi uchun imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma hamda esdalik sovg’alari taqdim etiladi.