Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ovqat puli va yo‘lkira kimning cho‘ntagiga ketyapti?” sarlavhali havola yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘rganish olib borilmoqda.
O‘rganishning dastlabki natijalariga ko‘ra, havolada bildirilgan “Ma’lum bo‘lishicha, inspeksiya xodimlari tomonidan qo‘llanilgan jarimalar bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli mablag‘lar bosh boshqarmaga yo‘naltirilgan.
Ushbu mablag‘lardan bosh boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan 5-6 nafar vallomatga 200 foiz ustamalar berilganligi ma’lum bo‘ldi.” degan vaj o‘z isbotini topmadi.
Shuningdek, texnik va huquq inspektorlarining ovqat va yo‘lkira pullari to‘lanishi bo‘yicha o‘rganishning yakuni bilan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.