Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini ta’minlash borasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish, odob-axloq komissiyasi vazifalari haqida tushuncha berildi.
Ishtirokchilar Qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.