Oqoltin tumanidagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Unda tumandagi 14 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 195 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Yarmarka davomida 40 nafarga yaqin fuqaro o‘zlariga mos bo‘lgan lavozimlarda ishlash istagini bildirdi. Ishtirokchilarning 14 nafariga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 11 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek «Ayollar daftari»dagi 4 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.