Sayxunobod tumani «Paxtaobod» mahallasida «Doniyorbek Diyorbek» oilaviy korxonasida sutni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Sayxunobodlik Malika O‘rolova xonadonida sutni qayta ishlash mini korxonasini tashkil etdi. Tadbirkor aholi va chorva fermerlardan olingan sutdan 10 dan ortiq turdagi mut mahsulotlari tayyorlab, ichki bozorlarga yetkazib bermoqda.

M.O‘rolova tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga “Sayxunobod tajribasi” asosida yaratilgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar qo‘l kelib, Prezidentimizning tashabbusi va ko‘rsatmalari ham ruhan, ham ma’nan dalda bo‘lganini ta’kidlaydi.

Darhaqiqat, so‘nggi to‘rt oy ichida Sayxunobod tumanida katta o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Tuman hududdida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanmoqda. Bu o‘z navbatida aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Birgina mazkur korxonada 10 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgani misol bo‘la oladi.

By admin