Sardoba tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan «Karera kuni» munosabati bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan, probatsiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi»o‘tkazildi.
Yarmarkada tumandagi 18 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi 181 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Shu kunning o‘zidayoq 30 nafarga yaqin fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
Tadbir yakunida «Ishga marhamat» monomarkazning 56 nafar birinchi qaldirg‘ochlariga 5 ta yo‘nalish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Endilikda bitiruvchilarning 34 nafari o‘zini o‘zi band qilib, tadbirkorligini boshlash istagida. Qolgan 22 nafari esa hududdagi ishlab chiqarish korxonalariga yo‘naltirilib, bandligini ta’minlash chorasi ko‘riladi.