Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan xotin-qizlar diqqatiga
2024-yil 31-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da (Moskva vaqti bilan soat 12:00 da) Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ayollar uchun videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Sayyor qabulda ayollar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillariga taqdim etishi mumkin.