Iqtisodiy o‘sish – bu mamlakatdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko‘payishini anglatadi va ko‘pincha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan o‘lchanadi.

Iqtisodiy o‘sish muhim, chunki:

▪️Yangi ish o‘rinlari yaratiladi: ko‘proq tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga olib keladi, bu esa ko‘proq ish o‘rinlarini talab qiladi;
▪️Odamlarning daromadlari oshadi: Ish o‘rinlari ko‘payishi, yashash sharoitlarini yaxshilashga va turmush darajasini oshirishga yordam beradi, shuningdek, kambag‘allikni kamayishga olib keladi;
▪️ Mamlakatning boyligi oshadi: taraqqiyotga yordam beradi.

Ammo, iqtisodiy o‘sish har doim ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ba’zi hollarda, iqtisodiy o‘sish:

▪️ Atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin: ko‘proq ishlab chiqarishga va energiya sarfiga olib keladi;
▪️ Ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirishi mumkin: Ba’zi odamlarning daromadlari boshqalarga nisbatan ko‘proq oshadi.

Shuning uchun, iqtisodiy o‘sish barqaror va teng bo‘lishi muhim.

By admin