Avgust oyidan boshlab Sirdaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar sa’y-harakati bilan Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi «Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi»da 100 nafar vaqtincha ishsiz, shu jumladan, chet davlatda qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida kasb-hunarga o’qitish jarayonlari boshlandi.
Markazda tinglovchilarga elektr va gaz payvandlovchi, g‘isht teruvchi, temir beton ishlari ustasi, yog‘och ustasi, suvoqchi, bo‘yoqchi, santexnika ishlari ustasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatilmoqda.