Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Boyovut tumani hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
Abdumalikov Bobur Botirjon o’g’li Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov tuman hokimi va sektor rahbarlari, tashkilot hamda muassasa vakillari ishtirokida o‘tgan suhbat davomida e’lon qilindi.
B.Abdumalikov 1991-yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 2018-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar Yangiyer shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.