Sayxunobod tumanidan “Ayollar daftari”da turuvchi ishsiz xotin-qizlar va ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida “Sayxunobod baraka chevarlari” MChJda ko’rgazmali seminar tashkil qilindi.
Seminarda ishsiz xotin-qizlarga shartnoma asosida ishga qabul qilinishi, korxonadagi mehnat sharoitlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ishtirokchilar xodimlar uchun yaratilgan imtiyozlar va betiladigan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ishlash istagini bildirgan talabgorlar bilan mehnat shartnomasi imzolandi.