Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli qarori ijrosi yuzasidan amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Sayxunobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘tkazilgan seminarda hududdagi hokim yordamchilari ham ishtirok etdi.
Shuningdek, seminarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat bo‘limi xodimi «Xorijda ish» platformasini yuritish bo‘yicha tushuncha berdi.
Tadbir davomida Gulbuloq va Shodlik MFY hokim yordamchilarining ish faoliyati namunali ekanligi e’tirof etildi.