Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan joylardagi monomarkaz, Kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda korxona, tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.
Ayni vaqtda o‘quv markazlarda viloyat Kasbiy ta’lim va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi binolarning qozonxonalariga mas’ul 100 dan ortiq xodimlari mazkur yo‘nalish bo‘yicha yangiliklarni o‘rganib, malakalarini oshirishmoqda. Jumladan, Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida taxsil olayotgan xodimlar quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish, quyosh suv isitish kollektorlaridan foydalanishni o‘rganishmoqda.
Viloyatda bu kabi muhim yo‘nalishlarda kadrlar malakasini, salohiyatini oshirish yuzasidan kelishuv va hamkorlik qamrovi yanada kengaymoqda.