Yurtimizda iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi.
Ayniqsa, mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilgach, joylarda kichik biznes va tadbirkorlik yanada rivojlanmoqda.
Jumladan, Sayhunobod tumani «O’rikzor» mahallasi hokim yordamchisi O‘.Bekbo‘tayev tavsiyanomasiga asosan B.Axmedov 33 mln.so’m kredit olib, xonadonida (sovun) ishlab chiqarishni boshlab yubordi. Quvonarlisi, tadbitkor oilasining 2 nafar azosini ham ish bilan taminlab, yuqori daromad olmoqda.