Harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash borasida Viloyat harbiy prokuraturasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Birgina Oqoltin tumanida o‘tgan davr mobaynida 82 nafar yosh harbiy xizmatdan qaytgan bo‘lib, 33 nafarining bandligi ta’minlangan.

Ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashish maqsadida tumanda 8 avgust kuni bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Unda 38 ta korxona, tashkilot 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida 6 nafar yoshlar ishga joylashgan bo‘lsa, 23 nafari kasb-hunarga o‘rgatish uchun monomarkazlarga jalb etildi. Bundan tashqari, talabgorlarga Mudofaa va va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tizimiga xizmatga kirish tartibi bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

By admin