Yurtimizda faoliyat yuritayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlarda talabgorlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish bilan bir qatorda xorijiy tillarga o‘qitish orqali munosib mutaxassislar tayyorlanayotganligi xorijlik ish beruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Bu esa xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizga ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratib, chet elda qonuniy mehnat qilishlarida qo‘l kelayapti.
Yaponiyaning “AGLIS COMPANY, LIMITED” kompaniyasi direktori Xara Ryosukening Sardoba “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrifi fikrimizga misol bo‘la oladi.
Xorijlik ish beruvchi bilan bo‘lgan uchrashuv asnosida monomarkazda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida o‘quv kurslari ochib, tinglovchilarga yapon tilini o‘rgatishga kelishib olindi.