Mirzaobod tumanidagi tegishli mas’ullar ishtirokida xorijda ishlayotgan, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar bilan navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi.

Rasmiyatchilikdan holi, samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ish bilan ta’minlash kabi ko‘plab savollariga batafsil javob berildi.

Shuningdek, Mirzaobod tumanida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari hamda tumanda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

By admin