Joriy yilning 23, 24- va 25-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalaridagi bo‘sh lavozimlarni jamlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:

– soat 08:00dan 12:00ga qadar Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi ma’muriy binosida dastlabki o‘rganish (nomzodlarni ro‘yxatga olish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganish);
– nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (086 shakldagi Tibbiy ma’lumotnomasini qabul qilish va bo‘y ko‘rsatkichlarini qayd etish);
– jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.
– yakka tartibda suhbat.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

-o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Bo‘y ko‘rsatkich bo‘yicha;

-erkak nomzodlarning bo‘yi 178 santimetrdan past bo‘lmasligi;

-ayol nomzodlarning bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmasligi;

-nomzodlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini (fuqarolik pasporti va harbiy guvohnoma), diplom yoki o‘rta maktabni tugatganlik to‘g‘risidagi shahodatnomasini va hududiy poliklinikadan berilgan 086 shakldagi Tibbiy ma’lumotnoma olib kelishi talab etiladi.

Manzil Sirdaryo viloyati Guliston shahar, Birlashgan ko‘chasi 47-uy

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (67) 225-17-20

By admin