Sirdaryo viloyatida yaratilayotgan yangi ish o’rinlari, aholi bandligi ta’minlashda davlat va xususiy sеktorlarning o’rni band bo’lmagan aholini, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va kambag’allikdan qisqartirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, joylardagi muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva viloyatga keldi.
Dastlab, Sirdaryo tumani Farovon mahallasi hokim yordamchisi ko‘magi bilan faoliyatini kengaytirgan «Abduhamid omad metall» MCHJdagi ish jarayoni bilan tanishdi.
Tadbirkor Abduhamid Atayev 100 mln so’m miqdorda imtiyozli kredit olib, 8 ta yangi ish o’rni yaratgan. Suhbat davomida A.Ataev rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Vazir o‘rinbosari zaruriy tafsiyalar berdi.
Shuningdek, Tursunoy Ma’murova 33 mln so’m miqdorida imtiyozli kredit hisobiga ustoz-shogird an’anasii asosida 50 nafar xotin-qizni tikuvchilik yo’nalishida o‘qitmoqda. Hozirda 3 nafar ayolning doimiy bandligini ta’minlagan.