Vazir o‘rinbosari Sirdaryo tumanida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.
Muassasasining umumiy sig‘imi 150 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda, unda 50 nafar bola tarbiyalanmoqda (shundan, 7 nafari chin yetimlar, 8 nafarining otasi yo‘q, 7 nafarining onasi yo‘q, 2 nafarining otasi jazoni o‘tash muassasasida, 21 nafarining ota-onasi ajrashgan, 6 nafarining ota-onasi bor va 1 nafari Mehribonlik uyidan, 2 nafari SOS dan, 3 nafari oilaviy bolalar uyidan).
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda muassasa rahbariyati o‘rtasida memorarandum imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarini psixologik kasb-hunar testidan o‘tkazilib, qiziqishlari, qobiliyatlari va salohiyatiga qarab kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida Sayxunobod tuman kasb-hunarga o‘qitish markazi bilan hamkorlikda “Payvandlash” va “Mebelchilik” mutaxassisliklari yo‘nalishi bo‘yicha muassasani o‘zida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda 29 nafar tarbiyalanuvchi ushbu hunar sirlarini malakali mutaxassislar tomonidan o‘rganib kelmoqdalar.
Uchrashuv davomida R.Turdiboyeva tarbiyalanuvchilar bilan dildan suhbatlashib, ularning murojaatlari, takliflarini tingladi. O‘z navbatida yoshlarning kelgusidagi rejalari, orzu va maqsadlari bilan o‘rtoqlashib, samimiy maslahatlar berdi.
Yoshlar bildirgan takliflar asnosida mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
Shu o‘rinda tarbiyalanuvchilar istaklarini yana bir bor o‘rganib, kasb-hunar o‘rgatish yo‘nalishlarini yanada kengaytirish yuzasidan muassasa rahbariyati bilan kelishib olindi.
E’tiborli jihati, tarbiyalanuvchilar ta’limdan keyingi faoliyatlarida – mustaqil hayotga qadam qo‘yganlarida ularning bandligini ta’minlash ham inobatga olingan.