Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari hamda tasarrufiy tashkilotlarda ko‘makka, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muxtoj fuqarolar holidan xabar olish va yordam qo‘lini cho‘zish an’anasi davom etmoqda.
Bayram arafasida Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi Sartaroshlik yo‘nalishi guruhi yoshi ulug‘ keksalar, harakatlanishga qiynaluvchi fuqarolar xonadoniga borib, ularning soch-soqollarini tartibga keltirishdi.
Savob ishni har kim, har kuni qilishi lozim, deganlaridek, bunday xayrli ishga tinglovchilar ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.