Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ishtirokchilarga qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga qonuniy o‘tkazib olishi mumkinligi, bunda qanday talablar mavjudligi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga taalluqli hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimda kelishilishi, ularning muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi, asosiysi bosh reja talablariga zid bo‘lmasligi aytib o‘tildi.
Bunday targ‘ibot ishlari tuman, shahar bo‘limlari, tasarrufiy tashkilotlar xodimlari va mahallalarda aholi o‘rtasida ham o‘tkazilmoqda.