Uzoq vaqt davomida bo‘sh turgan bino tikuvchilik firmasiga aylantirilib, hudud aholisiga yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyiha mahalla aholisi uchun nafaqat iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish imkonini beradi.
Bugun ushbu tikuvchilik firmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Xovos tumani hokimi Ulug’bek Yo’ldoshev, tuman IIB boshlig’i Avazbek Turakulov, mahalla faollari, onaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, tayyorlanadigan mahsulotlar sifati yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Endilikda, ushbu loyiha Gulbahor mahallasida iqtisodiy faollikni oshirish, ayollar bandligini ta’minlash, shuningdek, aholining turmush darajasini yaxshilashga yaqindan ko’mak berishi lozim.