Xovos tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh faol xotin-qizlar Jizzax viloyatidagi Sharofat Noriyeva xonadoni va dala maydonida bo‘lishdi.
Ishtirokchilar «Gulchi opa tomorqa xizmati» gulchilik klasteri tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.