Xalqimizning ming asrlik o’tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o’ziga xos xususiyatlari mujassamligini namayon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o’tkazish an’anaga aylandi.

Xususan, 2022-2023-yillarda o’tkazilgan ushbu tadbirlarning har birida 8,5-9 million nafardan ortiq xotin-qizlar, jumladan, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi opa-singillar ham faol ishtirok etdi va jamoatchilik tomonidan keng qo’llab-quvvatlandi.

Joriy yilning 9-14-sentabr kunlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida «Xon atlas» haftaligi o’tkaziladi.

Eslatib o’tamiz, Guliston shahar va Sardoba tumani «Ishga marhamat» monomarkazi hamda Kasb-hunarga o’qitish markazlarida «Xon atlas» haftaligi doirasida milliy modalar namoyishi bo’lib o’tadi. Tadbirlarda qatnashing hamda milliyligimizdan bahra oling.

By admin