Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Kasbga o‘qitish va milliy malaka shoʻbasi boshlig‘i tomonidan hududlardagi Kasb-hunarga o‘qitish markazlari mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 183-son qarorining 3-ilovasining 27- bandi ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mahallalarda o‘quv maskanlarini tashkil etish masalasi tanqidiy muhokama qilindi.