Fiziolog va psixologlarning so‘nggi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ish vaqtidan foydalanish samaradorligining maksimal darajasi 5-6 soatni tashkil etar ekan.
Shvesiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida kompaniyalar maosh hamda bajariladigan ish hajmini saqlab qolgan holda 6 soatlik ish kuniga faol o‘tishmoqda. Buning natijasida korxonaning samaradorligi oshib bormoqda.
Ushbu yondashuv tarafdorlari aytganidek, odam 8 soat davomida vazifalarni bajarishga e’tiborini qarata olmaydi. Toliqishi natijasida ishni boshqa faoliyat bilan aralashtirib yuborishni boshlaydi.
6 soatlik ish kuni tizimini joriy qilgan barcha tashkilotlar rahbarlari xodimlarning ishtiyoqi ortganini qayd etishdi.
Shuningdek, ish joyidagi nizolar sonining kamayishi va umuman hayotdan qoniqishning ortishi kuzatilgan.