Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida imo-ishora (surdo) tiliga o‘qitish yo‘nalishi ish boshladi.
O‘qing va 1 oyda surdo tarjimonligini o‘rganing.
Yurtimizda barchaga munosib va teng sharoit yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida endilikda savdo, xizmat ko‘rsatish, umuman, barcha yo‘nalishlarda, ayniqsa, har bir tashkilot, korxona va muassasada imo-ishora (surdo) tilini biluvchi xodim bo‘lishini taqozo etadi. Bu muhim masala muhtaram Prezidentimizning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham alohida belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan o‘quv kursining dastlabki tinglovchilari sifatida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tuman, shahar bo‘limlarining Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislari tahsil olishmoqda.